Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Lukashenko AQShdagi saylovlarni demokratiya ustidan kulish deb atadi
7.11.2020 23:52,  
648

«Saylovlarda nimalar bo‘layotganini qarang. Axir bu sharmandalik, demokratiya ustidan ochiqchasiga kulish emasmi?», – degan u.

Lukashenko bir qator g‘arb davlatlarining ushbu vaziyatda xuddi Belarusdagi kabi AQShda ham saylovlarni qaytadan o‘tkazishni talab qilish yoki qilmasligini kuzatib borishini aytgan.

«Men hoziroq aytishim mumkin, ular bu ishni qilmaydi, qo‘rqishadi», – deya ta’kidlagan Aleksandr Lukashenko.

Belarus prezidenti AQShdagi saylovlarda qanday natija qayd etilishidan qat’i nazar ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar o‘zgarmasligi haqida ham fikr bildirgan.

AQShda prezidentlik saylovlari 3 noyabrda o‘tkazildi, ammo yakuniy natijalar hanuzgacha e’lon qilinmagan. Amaldagi prezident, respublikachilar yetakchisi Donald Tramp qaytadan saylanishni istamoqda. Uning raqibi demokratlar vakili hamda sobiq vitse-prezident — Jo Bayden.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан