Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Lukashenko pandemiya paytida mamlakatdan chiqib ketgan fuqarolarni evakuatsiya qilishdan bosh tortdi
21.03.2020 22:23,  
955

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko koronavirus pandemiyasidan ogohlantirishdan so‘ng ham mamlakatdan xorijga chiqib ketgan fuqarolarga qarshi fikrlarini bayon qildi. Bu haqda Belta axborot agentligi xabar berdi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Belarus hukumati aholidan koronavirus bilan bog‘liq qaltis vaziyatda vatanni tark etmaslik haqida so‘ragan. Lekin ko‘pchilik bunga quloq solmagan. Shu munosabat bilan u bunday vatandoshlarni orqaga qaytarish uchun charter reyslar tashkil etilmasligini e’lon qildi.

"Ogohlantirishdan so‘ng ham ketib qolganlarga - hech qanday charter yo‘q. Qayerga ketgan bo‘lsalar - o‘sha yerda o‘tirishsin", - dedi Lukasheno.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Belarusda koronavirusga chalinganlar soni 76 kishini tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан