Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Lukashenko Polshaga ishlashga ketayotgan shifokorlarni Belarusga qaytib kiritmaslikni buyurdi
5.11.2020 21:34,  
454

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Polshaga ishlashga ketayotgan shifokorlarni mamlakatga qaytib kiritmaslik bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda BelTA agentligi xabar qilmoqda.

"Shifokorlarimizni koronavirusga qarshi kurashda davlat va aholiga yordam berish uchun ayniqsa Polshaga chaqirishmoqda. Ogohlantirib qo‘ymoqchiman: bizda ortiqcha shifokor yo‘q. O‘zimizning odamlarni davolashimiz kerak. Biroq hech kimni ushlab turmaymiz. Ammo tushunib olinglar: ketdingmi – ortga qaytolmaysan, o‘sha katta pul topish uchun ketgan joyingda ishlab yuraverasan", - dedi Lukashenko.

U "bu so‘zlar tahdid emas, balki hukumatga berilgan buyruq" ekanligini ta’kidladi.

"Shuning uchun ko‘proq pulni istaganlar yoki valyutadan ko‘zlari yashil rangga kirganlarga to‘sqinlik qilmagan holda barchani o‘z joyiga qo‘yib qo‘yish kerak", - dedi Belarus prezidenti.

Belarus koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri mamlakatda karantin joriy etmadi. Respublikada  1 oktyabrdan ko‘ngillilarda Rossiyada ishlab chiqarilgan "Sputnik V" vaksinasini sinash boshlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан