Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Lukashenko Putin bilan muloqot qilgach, Minskda bir necha namoyishchi hibsga olindi
25.08.2020 15:05,  
807

Minskdagi Mustaqillik maydonidagi namoyishchilar hibsga olinmoqda, deb xabar beradi Tut.by nashri. 

 

Nashrning yozishicha, odamlar kechqurun soat yettilarda maydonga to‘plana boshlashgan. "Ammo OMON to‘planganlarga "erkin mikrofon" formatida aloqa qilish uchun uskunalar o‘rnatishga ruxsat bermadi". 

 

Belorus Ichki ishlar vazirligi xabar berishicha, Mustaqillik maydonida "ruxsatsiz mitingning bir necha ishtirokchilari" hibsga olingan. Ular "ma’muriy ish uchun" politsiyaga olib ketilgan. IIV hibsga olinganlarning aniq sonini 25 avgust kuni e’lon qiladi.

23 avgust kuni Mustaqillik maydonidagi mitingda 150 ming kishi qatnashdi. Bu harakat tarqatib yuborilmagan edi.

Kecha navbatdagi marta Aleksandr Lukashenko rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Belarus davlat agentligi Belta xabariga ko‘ra, prezidentlar Belarus ichidagi va tashqarisidagi vaziyatni, ayniqsa G‘arb bilan aloqalarni muhokama qilgan. Lukashenkoning yangi hukumati hozirda Yevropa Ittifoqi tomonidan tan olinmagan.

Belarusda norozilik namoyishlari 16 kuni ketmoqda. Namoyishlar 9 avgust kuni respublikada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan keyin boshlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан