Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Lukoyl xodimasi: “Videoda so‘kingani aniq bo‘lsa-da... Bu atayin uyushtirilgan bo‘lishi mumkin“
14.11.2019 13:36,  
680

Shu kunlarda “LUKOIL UZBEKISTAN OPERATING COMPANY” mas’uliyati cheklangan jamiyati amaldori – bosh energetik Ivan Aleksandrovich Shilov Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani, Jarquduq gaz tayyorlash majmuasi ishchilarini haqorat qilgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi.

Haqoratlarga kerakli chora ko‘rish borasida “Adolat“ SDP, OʻzLiDeP, XDP hamda “Yuksalish“ umummilliy harakati tomonidan ham munosabat bildirildi.

Shundan so‘ng “LUKOIL UZBEKISTAN OPERATING COMPANY” MChJ rahbar xodimining nomaqbul harakatini kompaniya vakili O‘zA muxbiriga qisqacha izohlab berdi.

“Kompaniyamizda yuz bergan ushbu hodisadan xabardormiz. Ayni damda bu ish yuzasidan tegishli tekshiruvlar olib borilmoqda. Tekshiruv natijalari o‘rganilgach, chora ko‘riladi va bu haqda kompaniyamiz bayonot beradi”, dedi ism-sharifini sir tutgan matbuot xizmati xodimasi.

“Videolavhada haqoratlanganlar va haqoratlayotgan shaxs ma’lum bo‘lishiga qaramay, nima uchun qo‘shimcha tekshiruvlar olib borilmoqda“, degan savolga esa matbuot xizmati vakilasi quyidagi javobni berdi:

“Videolavhada hammasi aniq, ravshan bo‘lsa-da, xodimimiz uni qay holatda aytganini aniqlashimiz kerak bo‘ladi. Balki, bu atayin uyushtirilgan bo‘lishi mumkin”, dedi matbuot xizmati xodimasi.

“Yaqin vaqt oralig‘ida ushbu holat yuzasidan “LUKOIL UZBEKISTAN OPERATING COMPANY” MChJning maxsus bayonoti kutilmoqda,“ deb yozyapti O‘zA.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан