Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Madaniyat vaziri tomoshabinlarni madaniyatsizlikda aybladi
26.01.2018 14:12,  
18

Madaniyat vazirligi "Madaniyat va ma’rifat" telekanali bilan hamkorlikda "Madaniyat alifbosi" ko‘rsatuvini tayyorlab, efirga uzatishni boshladi. Bu haqda madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev jurnalistlar bilan o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Vazir ushbu ko‘rsatuvga ehtiyoj sabab nimadaligini aytdi.

"Bizning tomoshabinlarimizda haligacha konsert, spektakl tomosha qilish madaniyati talab darajasida emas. Biz tomoshabinni hech garderobga o‘rgatolmayapmiz. Vaholanki, teatr garderobdan boshlanadi, degan gap bor. Konsert va spektakllar o‘z vaqtida boshlanishini hech yo‘lga qo‘yolmayapmiz. Ming nazorat qilsak ham bo‘lmayapti. Mana shu maqsadlarda ushbu ko‘rsatuvni tayyorlashga kirishildi", dedi Sayfullayev.

"O‘zimdan misol qilaman, kuni kecha O‘zbekiston xalq hofizi Sherali Jo‘rayevning konserti bo‘lib o‘tdi. Xizmat vazifam yuzasidan konsertlarga borishga to‘g‘ri keladi, hofizning konsertida ham bo‘ldim. Konsert 19 dan 10 daqiqa o‘tganda boshlandi. Ishonasizmi, 19:40 gacha tomoshabin kelishi davom etdi. Yarim soat o‘zini joyini topolmay, boshqalarni ham bezovta qilib yurishdi... Ayniqsa, ayollar, qaynona-kelinlarimiz konsertga madaniy hordiq chiqargani bormaydi, o‘zlarini qiynagani boradi. Chaqalog‘ini olib kelishadi, bola yig‘laydi, tashqariga chiqadi, ovutib qaytib keladi, birozdan so‘ng u bola yana yig‘laydi, shu bilan konsertni oxirigacha ham o‘zini qiynaydi, ham boshqalarni", deya qo‘shimcha qildi vazir.

Baxtiyor Sayfullayev mana shunday holatlar sabab ham odamlarimizga madaniyatni alifbosidan boshlab o‘rgatish kerakligini qayd etdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан