Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Madaniyat vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari Buxoro shahriga hokim bo‘ldi
5.05.2021 17:20,  
170

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning sobiq birinchi o‘rinbosari Buxoro shahri hokimi etib tayinlandi. Bu haqda bugun, 5 may kuni Buxoro shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyada viloyat hokimi Botir Zaripov ma’lum qildi, deya xabar berdi «Daryo».

2020 yildan shu paytga qadar madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan Jamol Nosirov Buxoro shahri hokimi lavozimiga tayinlangan.

Buxoro hokimi Botir Zaripov shahar hokimi O‘tkir Jumayev faoliyatiga baho berar ekan, Buxoro shahrida bunyodkorlik ishlar ko‘lamini kengaytirish, sanoat, turizm, qurilish va servis sohalarini jadal rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish borasida davlat rahbari tomonidan imkoniyatlar yaratib berilgan bo‘lsa-da, undan yuqori darajada to‘liq foydalana olmaganini bildirdi.

«Buxoro shahar hokimi lavozimida ishlab kelayotgan O‘tkir Jumayev o‘zining faoliyatini tanqidiy tahlil qilib, talabga mos ravishda ishlay olmayotganini tan oldi. Boshqa ishga o‘tkazishlarini so‘rab, ariza bilan murojaat qildi. Yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda bugun O‘tkir Jumayevni Buxoro shahar hokimi lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladim», — dedi Botir Zaripov.

Jamol Nosirov 1985 yil Buxoro shahrida tug‘ilgan bo‘lib, 2005 yilda Buxoro davlat universitetini va 2008 yilda ushbu universitetning magistraturasini tamomlagan. Hozirgi paytda Buxoro davlat universitetining iqtisodiyot va turizm fakultetida sirtdan ta’lim olmoqda. Jamol Nosirov mehnat faoliyatini Buxoro shahridagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchilikdan boshlagan. Viloyat hokimiligi va Buxoro shahar hokimligi apparatidagi mas’ul vazifalarda, viloyat yoshlar tashkiloti rahbari, viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2015—2017 yillarda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2020 yilning 22 aprelidan buyon Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

«Hammalaringizni ishontirib aytamanki, men Buxoro shahrini yanada rivojlantirishda, o‘z ishimga halol va pok vijdon bilan yondashishga, bamaslahat ishlashga, bor kuch va bilimimni ishga solib, xalqimga xizmat qilishga tayyorman», — dedi Jamol Nosirov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан