Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Magistraturaga hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga!
4.08.2020 12:44,  
644

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2020/2021 o‘quv yili qabuli uchun magistraturaga hujjat topshirgan abituriyentlarga murojaat qildi.

Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun magistr.edu.uz - onlayn ariza topshirish tizimidan ro‘yxatdan o‘tgan, biroq, oliy ta’lim muassasalari tomonidan tekshiruv natijasi bo‘yicha turli sabablarga ko‘ra ARIZALARI RAD ETILGAN abituriyentlarga hujjatlaridagi mavjud kamchiliklarni joriy yilning 4 avgust kuni soat 11.00 dan 6 avgust kuni soat 11.00 ga qadar qayta tahrirlashlari uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan imkoniyat yaratiladi.

Ushbu vaqt davomida kamchiliklarni to‘liq bartaraf etmagan abituriyentlarning arizalari qayta ko‘rib chiqilmaydi hamda ular kirish imtihonlariga kiritilmaydi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан