Magistraturaga kirish uchun testlar soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi

Magistraturaga kirish uchun testlar soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2-son bayoni bilan Respublika OTMning magistraturasiga kirish imtihonlari bo‘yicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

Magistraturaga o‘qishga kirishda eng ko‘p (maksimal) to‘planishi mumkin bo‘lgan ball – 250 ball. 

Shundan:

  • - tegishli mutaxassislik fanlari bo‘yicha 2,3 balldan 30 ta test savoli uchun jami 69 ball;
  • - talabgorning ilmiy-pedagogik layoqati (yoki ilm olish qobiliyati)ni aniqlash  bo‘yicha 3,1 balldan 10 test savoli uchun jami 31 ball;
  • - chet tili bo‘yicha 2 balldan 25 ta test savoli uchun jami 50 ball;
  • - bitiruvchining umumiy reytingi yoki o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (diplom bo‘yicha) – 100 ball.

Talabgorga test yechish uchun 130 daqiqa ajratiladi.