Mahalla raisini faoliyatiga oid bo‘lmagan majlisga chaqirgan mansabdor jarimaga tortiladi

Mahalla raisini faoliyatiga oid bo‘lmagan majlisga chaqirgan mansabdor jarimaga tortiladi

Mahalla raisini faoliyatiga oid bo‘lmagan majlisga chaqirgan mansabdor jarimaga tortiladi.

Bu tartib qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga oid qator moddalarda aks etgan.

Fuqarolar yig‘ini xodimini uning vazifasi va faoliyat yo‘nalishi bilan bog‘liq bo‘lmagan yig‘ilish va boshqa tadbirga jalb qilish, taalluqli bo‘lmagan vazifalarni yuklash, ulardan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan ma’lumotnoma, tahliliy material va statistik ma’lumotni taqdim etishini talab qilish hamda MFY balansida bo‘lgan binoni boshqa shaxsga biriktirish yoki asossiz ravishda olib qo‘yish BHMning 3 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Huddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 5 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.