Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mahalla raisining vakolat muddati uzaytiriladi, ish haqi o‘rtacha oshiriladi
12.02.2020 19:20,  
925

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 12 fevral kuni mahalla tizimini takomillashtirish, mahallalarda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, jinoyatchilikning oldini olish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Videoseletrda mahalla raisining vakolat muddati uch yildan besh yilga o‘zgartirishi ta’kilandi. Uning uch nafar o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi. Profilaktika inspektori endilikda mahalla raisining huquq-tartibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlaydi. U ham 5 yil muddatga tayinlanadi.

Mahallalardagi turli yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etilgan, biroq kutilgan samarani bermay kelayotgan 12 ta jamoatchilik komissiya va tuzilmalari ham optimallashtiriladi.

Joriy yil 1 martdan mahalla raisi va uning o‘rinbosarlari oylik ish haqi o‘rtacha 1,35 baravarga oshirilishi begilandi.

Fuqarolar yig‘inlarining faoliyatiga xos bo‘lmagan 50 dan ortiq vazifa bekor qilinishi, profilaktika inspektorlariga yuklatilgan ortiqcha topshiriqlar ham keskin qisqartirilishi belgilandi.  Mahalla raisiga qo‘shimcha huquqlar berilib, maqomi va obro‘si kuchaytirilishi qayd etildi.

Prezident mahallalar milliy mentalitetimiz ko‘zgusi ekanini, jamiyat hayotida katta o‘rin tutishini ta’kidlar ekan, Navro‘z bayramiga hamohang tarzda 22 mart sanasini “Mahalla tizimi xodimlari kuni” deb e’lon qilishni taklif etdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан