Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi rahbarlari koronavirusga chalindi
23.09.2020 17:11,  
393

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov, shuningdek, uning o‘rinbosarlari Botir Parpiyev va Azizbek Ikromovga koronavirus tashxisi qo‘yildi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga.

Hozirda ular O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining 2-sonli Markaziy klinik kasalxonasida davolanmoqda.

Matbuot xizmati, shuningdek, vazirning birinchi o‘rinbosari Gulnora Ma’rufova COVID-19 bilan kasal bo‘lgani va 7 kundan keyin ishiga qaytgani haqida xabar berdi.

Shuningdek, ma’lumotlarga ko‘ra, Andijon viloyatida bir qator hokimlar pnevmoniyadan davolanmoqda. Ular — Shahrixon tumani hokimi Xikmatillo Dadaxonov, Xonobod tumani hokimi Musaxon Mamadaliyev, Paxtaobod tumani hokimi Maxsudjon Bozorov va Oltinko‘l tumani hokimi Nazirjon O‘rinboyev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан