Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mahalla vazirligi hayit kunlari ma’raka marosimlarini keyinga qoldirishga chaqirdi
22.05.2020 21:36,  
148

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi yurtdoshlarimizga murojaat bilan chiqib,  karantindagi cheklovlar vaqtincha ekani, xalqimiz salomatligini saqlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olishga qaratilganini unutmaslikka chaqirdi.

Vafot etganlar uchun xonadonlarda o‘tkazish rejalashtirayotgan ma’raka marosimlarini keyinga qoldirish, buni o‘zimiz va unda qatnashmoqchi bo‘lgan yaqinlarimiz salomatligini asrash majburiyati, deb tushunishimiz lozimligi ta’qidlandi.

Jamoatchilikdan xonadonlarda tashkil etilgan ma’raka marosimlariga qatnashmaslik bo‘yicha shaxsiy namuna ko‘rsatishlari, bunda mahallalardagi nuroniy otaxonu onaxonlarning, mahalla faollarining o‘rni katta ekani ta’kidlab o‘tildi.

Xonadonga yangi kelgan mehmonni ko‘rish va qo‘lidan bir piyola choy ichish udumini hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, keyingi hayitlarga qoldirish to‘g‘ri ekani aytildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан