Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining asosiy vazifalari belgilandi
28.12.2021 10:12,  
143

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (PQ–62-son, 24.12.21) qabul qilindi:

Qarorga muvofiq, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimi kiritildi. Agentlikning asosiy vazifalari etib, jumladan, quyidagilar belgilandi:

— respublikada tadbirkorlikni va mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish borasida yagona davlat siyosatini yuritish;

— mahallabay ishlashning vertikal tizimi asosida aholining daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va o‘qitish hamda o‘zini o‘zi band qilish faoliyatiga yo‘naltirish;

— vakolatli davlat organlari va tashkilotlari hamda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha — tuman (shahar) hokimi yordamchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish.

Shuningdek, Agentlik tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi tashkil etildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан