Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mahalliy avtomobillar narxlarining oshmasligi uchun nimalar qilinadi?
10.07.2019 16:22,  
15

O‘zbekistonda milliy avtomobillar narxlarining qimmatlashishiga barham berish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqildi. Bu haqda iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xodjayev «O‘zbekiston 24» telekanalining «Yangiliklar 24» dasturiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 iyul kuni avtomobil sanoatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan edi. Unda, jumladan, mahalliylashtirish darajasini ko‘tarish hamda mashinalar tannarxini pasaytirish hisobiga eksportni oshirish masalalari muhokama qilingan edi.

1 oktyabrdan avtomobil sohasi uchun joriy etilgan imtiyozlar bekor qilinadi. Aholining narxlar oshishi borasidagi xavotirlariga to‘xtalar ekan, Botir Xodjayev narxlarning o‘sishini ushlab turish bo‘yicha choralar ko‘rilishini ta’kidladi.

Birinchidan, mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, jumladan, havoni filtrlash va konditsioner, oyna tozalash tizimlari va boshqa qismlar uchun butlovchilarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish belgilangan, dedi vazir.

Ikkinchidan, import detallar narxlari tartibga solinadi. «Tashqi yetkazib beruvchilar tomonidan yetkazib berilayotgan mahsulotlar narxlarini qariyb 196 mlrd so‘mga, ichki ishlab chiqaruvchilar tomonidan esa 200 mlrd so‘mdan ziyod so‘mga qisqartirish bo‘yicha choralar ko‘riladi. Natijada avtomobillar narxlarini hozirgi darajada saqlab turilishiga erishamiz», — teya ta’kidladi u.

Bundan tashqari, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni 3 foizlik aksiz solig‘i va 4 foizlik avtotransport yig‘imlaridan ozod qilish ko‘zda tutilgan, dedi Botir Xodjayev.

«O‘zavtosanoat» kompaniyasi boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov butlovchi qismlarni ishlab chiqarish hajmi oshishi bilan bir qatorda ular sifati yaxshilanishini ta’kidlab shunday dedi: «Yaqin vaqtlar ichida odamlar buni his etadi». Qo‘shimcha ravishda onlayn rejimda ehtiyot qismlarni sotib olish uchun imkoniyatlar kengaytiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан