Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mahalliy poyezd va samolyot reyslariga ruxsat beruvchi koronavirus testi narxi ma’lum bo‘ldi
18.05.2020 13:23,  
1095

Respublikamizda 2020 yilning 18 may kunidan mahalliy yo‘nalishlarda avia va temir yo‘l qatnovlariga ruxsat berish bo‘yicha vaqtinchalik tartibi e’lon qilindi. Mazkur tartibga muvofiq avia va temir yo‘l xizmatidan foydalanish istagida bo‘lgan yo‘lovchilardan koronavirus infeksiyasiga test topshirgani, tahlil olinganiga 120 soatdan ko‘p bo‘lmagan, manfiy tahlilli ma’lumotnoma talab qilinadi. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining 2020 yil 16 maydagi № 74-F sonli buyrug‘iga asosan koronavirus infeksiyasi tahlili uchun  224 ming 415 so‘m miqdorida pullik xizmat ko‘rsatiladi va  24 soat davomida  ma’lumotnoma yozib beriladi. Ushbu ma’lumotnomasiz  onlayn orqali chipta xarid qilishga  ruxsat berilmaydi.

Aeroport va vokzallarda yo‘lovchilarning tana harorati o‘lchanadi. Harorati 37 darajadan yuqori bo‘lmagan yo‘lovchilar   dezinfektorlar yordamida zararsizlantiriladi. Bir martalik himoya niqobi va qo‘lqoplarda  transportga chiqariladi. Yuqori haroratdagi yo‘lovchilarga  aeroport va temir yo‘l xizmatidan foydalanishga ruxsat berilmaydi.

Yo‘lovchilar aeroport va temir yo‘l vokzallarida ijtimoiy masofani saqlagan holda, yo‘naltiruvchi maxsus tasmalar bo‘ylab harakatlanishi shart. Umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rstaish va savdo shaxobchalarining foaliyat yuritishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qatnov vaqtida samolyot salonida yoki vagonlar bo‘ylab xarakatlanish ta’qiqlanadi. Manzilga yetguncha bir martalik himoya niqoblari va qo‘lqoplarni yechishga ruhsat berilmaydi, hojatxona hamda tamburlarda to‘planishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан