Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mahkumalarning yil davomida farzandlari bilan uchrashuvlari soni cheklanmaydi
1.07.2020 12:28,  
231

«O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (O‘RQ-625-son, 30.06.2020 y.).

Qonun bilan kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, jumladan, voyaga yetmagan mahkumlarning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bilan uchrashuvlarida cheklovlar bekor qilindi.

Mahkuma ayollarning voyaga yetmagan farzandlari bilan uchrashuvlarining alohida tartibi belgilandi.

Jumladan, mahkuma ayollarga voyaga yetmagan bolalari bilan bir yil ichida 4 marta muddati 5 sutkagacha bo‘lgan uzoq muddatli uchrashuv, shuningdek, manzil-koloniyalarda saqlanayotganlarga esa muassasa hududidan tashqarida yashash imkoniyati bilan uzoq muddatli uchrashuvlar cheklanmagan miqdorda beriladi.

Shuningdek, mahkumlarni jazo o‘tashi davrida adolatli mezonlar asosida rag‘batlantirish choralarini qo‘llash tartibi hamda rag‘batlantirish choralarini qo‘llash komissiyasining ish faoliyati va ularning aniq vazifalari belgilandi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga ega kiradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан