Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Maishiy chiqindilarni tashish qoidalari belgilandi
9.11.2019 09:31,  
262

“Maishiy chiqindilarni tashish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Qarorga muvofiq, Maishiy chiqindilarni tashish qoidalari yangi tahrirda tasdiqlanib, O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi bosh direktorining “Maishiy chiqindilarni tashish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi.

Qoidalarda, jumladan quyidagilar belgilandi:

– maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishni tashkil qilish tartibi;

– qattiq, suyuq, yirik gabaritli va qurilish chiqindilarini yuklash hamda tashish tartibi;

– maishiy chiqindilarni poligonlarga (chiqindixonalarga) joylashtirish tartibi;

– chiqindi tashishga ixtisoslashtirilgan transport vositalarining harakat yo‘nalishlarini belgilash tartibi;

– ixtisoslashtirilgan transport vositasi va uning ekipajiga, shuningdek atrof muhitni muhofaza qilishga qo‘yiladigan talablar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан