Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Maishiy-texnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
21.02.2021 15:11,  
119

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona Qo‘mitasining xabar berishicha: Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda Namangan shahrida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Namangan shahar Shifokor ko‘chasida fuqaro Q.Sh. boshqaruvidagi “Largus” rusumli avtomashina to‘xtatilib belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada ushbu avtomashinada tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan 5 dona muzlatgichlar borligi aniqlandi.

Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib fuqaro Q.Sh. ko‘rsatmasiga asosan ushbu ko‘chada yashovchi fuqaro G‘.D.ning xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi. Ushbu xonadonda muqaddam O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 120 million so‘mlik 251 dona
6 turdagi maishiy-texnika vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан