Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Majburiy ijro byurosining tizimli faoliyati sabab muammoli qidiruvdagi 4555 shaxs, 3073 ta avtotransport vositasi topilgan
24.12.2021 15:07,  
59

Majburiy ijro byurosi organlari tashkil topgandan buyon doimo jamoatchilik e’tborida bo‘lib kelmoqda va sohada ishlar izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Byuro faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalari keng joriy etilib, “MIB-Portal” dasturi 32 ta tashkilotlarning 63 ta yo‘nalishdagi axborot tizimlariga integratsiya qilindi, sudlar va 52 ta ma’muriy organlardan ijro hujjatlarni elektron tarzda qabul qilish yo‘lga qo‘yildi.

Byuro tashkil topganidan buyon tarixan qisqa vaqt ichida ijro ishini yuritish sohasida 77 trln. so‘mdan ortiq undiruvlar amalga oshirildi.

Shundan, davlat foydasiga 32 trln.so‘mga yaqin mablag‘lar undirildi.

Aytish kerakki, ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning o‘tgan davrida jami undiruv 21,7 trln. so‘mni tashkil etdi.

Bu  ko‘rsatkich  o‘tgan  yilning shu davriga  nisbatan  10,4  trln.  so‘m yoki 92 foizga oshganligi ko‘rsatmoqda.

Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ijro hujjatlariga e’tibor kuchaytirilishi natijasida moddiy yordamga muhtoj farzandlar foydasiga

2,5 trln. so‘mdan ortiq aliment pullari undirildi.

Shuningdek, olib borilgan tushuntirish ishlari hamda vakolat doirasida ko‘rsatilgan amaliy yordam natijasida 17 ming 800 dan ortiq oilalar yarashtirildi, 29 mingdan ortiq aliment to‘lovchilarning ish bandligi ta’minlandi.

Tadbirda Byuroning mas’ul xodimlari idoraviy axborot tizimlarini integratsiya qilishdagi tizimli olib borilgan faoliyati natijasida ish samaradorligi sezilarli darajada ortganligini,birgina, muammoli bo‘lgan qidiruv sohasida 4.555 nafar shaxs, 3.073 ta avtotransport vositalari topilib, qarzdorlardan 16 mlrd. so‘mdan ortiq qarzdorliklari undirilganini ta’kidlashdi.

Shuningdek, aliment pullarini hisoblash va to‘lash tartib-taomillari ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish maqsadida yagona axborot tizimi joriy etilib, ushbu tizim yordamida undiruv bilan bog‘liq amalga oshirilgan ijro harakatlarini “MIB.UZ” android mobil ilovasi orqali “onlayn” rejimda tanishib borish imkoni yaratilganligiham qayd etildi.

Bundan tashqari, ijtimoiy ehtiyojmand qatlamga manzilli yordam ko‘rsatish bo‘yicha Byuroga yuklatilgan vazifalar doirasida - “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarimizga 511,5 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar o‘tkazib berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан