Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Makgregor-Porye jangida kim g‘olib bo‘lishi mumkin? Habib javob berdi
23.01.2021 17:05,  
753

Ertaga, 24 yanvar kuni Abu-Dabidagi (BAA) “Janglar oroli”da UFC 257 turniri o‘tkaziladi. Turnirning asosiy voqeasi irlandiyalik MMA jangchisi Konor Makgregor va amerikalik Dastin Poryening jangi bo‘ladi.UFC'ning yengil vazn toifasida amaldagi chempioni rossiyalik Habib Nurmuhamedov ushbu jang natijalari haqidagi taxminlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Boshida Konor faolroq bo‘ladi. Uchinchi yoki to‘rtinchi raundda esa Dastin bu yigitni mag‘lub etadi, deb o‘ylayman”, degan Habib.

Avvalroq, Habib UFC 257 turniriga borishdan bosh tortgani haqida xabar bergandik.Ma’lumot o‘rnida, joriy yil 16 yanvar kuni Nurmuhamedov UFC Prezidenti Dana Uayt bilan bo‘lgan suhbatida o‘z faoliyatini qayta boshlashga tayyor ekanligini, ammo so‘nggi qarorini Konor va Porye jangi natijasiga qarab aytilishini ma’lum qilgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан