Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Makkadagi Al-Harom masjidida namozxonlarga qo‘yilgan ijtimoiy masofa bekor qilindi
18.10.2021 08:40,  
52

Saudiya Arabistonining Makka shahrida joylashgan Al-Harom masjidida 17-oktabr, yakshanba kuni pandemiya boshidan buyon birinchi marta ijtimoiy masofa choralariga rioya qilmagan holda namoz o‘qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Al-Harom ishchilari to‘la-to‘kis ibodatlarni qayta tiklash haqidagi qarorga muvofiq, masjid polida ijtimoiy masofa saqlashga yordam beradigan maxsus stikerlarni olib tashlagan.

Matbuotda tarqalgan video va fototasvirlarga qaraganda, 17-oktabr kuni masjid namoz o‘quvchilar bilan maksimal darajada to‘lgan. Saudiya OAVlari qayd yetishicha, yendi choralar bekor qilinganidan keyin Makka Umra safari uchun keladigan chet yelliklarni qabul qiladi.

Shu bilan birga, OAVlar Saudiya Arabistoni hukumatiga tayanib taʼkidlashicha, masjidga keluvchilar COVID-19 ga qarshi to‘liq yemlangan bo‘lishi va uning hududida niqob taqishi shart. Bundan tashqari, tashrif buyuruvchilar uchun Kaʼbaga kirish hamon cheklangan holda qolmoqda.

Saudiya Arabistoni so‘nggi oylarda asta-sekinlik bilan normal hayotga qaytmoqda. 1-avgustdan qirollik koronavirusga qarshi to‘liq yemlangan sayyohlarni qabul qila boshladi. Shuningdek, 17-oktabrdan yemlangan sport muxlislari mamlakatning barcha o‘yingohlarida va boshqa sport obektlarida sport tadbirlariga kirishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан