Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Makron neft va gazga qaramlikni kamaytirish vazirligini tashkil qilmoqchi
17.04.2022 19:45,  
95

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron kecha Marseldagi miting chog‘ida mamlakatning qazib olinadigan energiya manbalariga qaramligini kamaytirish uchun alohida vazirlik tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.

"BFMTV" telekanali xabariga ko‘ra, davlat rahbari tayinlashi mumkin bo‘lgan lavozim – energetikani rejalashtirish vaziri neft, gaz va ko‘mirdan chekinish, sohadagi barcha masalalarni ko‘rib chiqish bilan shug‘ullanadi.

Prezident saylovining ikkinchi bosqichida Makron bilan raqobatlashadigan Marin Le Pen amaldagi davlat rahbari besh yil ichida atom energetikasiga unchalik ahamiyat bermaganini iddao qilgan.

Manba ma’lum qilishicha, Le Pen Makronning yashil energiya bo‘yicha ba’zi rejalariga shubha bilan qaraydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан