Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Makronga tarsaki tushirgan erkakka to‘rt oylik qamoq jazosi tayinlandi
11.06.2021 11:40,  
417

Fransiya respublika prokurori Aleks Perren 8 iyun kuni mamlakat prezidenti Emmanuel Makronga tarsaki tushirgan 28 yoshli Damen Tarelga to‘rt oylik qamoq jazosi berilganini ma’lum qildi, deb yozmoqda Le Figaro.

Tarel jami 18 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan, biroq mazkur muddatning 14 oyida kechiktiruvchi sabablar mavjud, deya holatga aniqlik kiritgan BFMTV. Agar u qamoqxonada muddatni o‘tab bo‘lganidan keyin ishlasa yoki o‘qisa, psixolog kuzatuvi ostida yursa va yangi qoidabuzarliklar sodir etmasa, qamoqxonaga qaytarilmaydi.

Bundan tashqari Tarelga yaqin besh yil ichida qo‘liga qurol olish yoki uni saqlash ham taqiqlab qo‘yildi, uch yil davomida davlat idoralaridagi lavozimlarda ishlash ham man etildi.

Tarelning ishi ikki kun davomida ko‘rib chiqildi. U so‘roqlar vaqtida prezidentni tabiiy ravishda hech narsani o‘ylamasdan urganligini va bu orqali o‘z noroziligini oshkor qilganini bildirdi. Shuningdek, 28 yoshli fuqaro «sariq nimchalilar» harakatiga yaqin ekanligi, biroq o‘ng va ultra-o‘ng qarashlarga qo‘shilmasligini aytdi. U hech bir partiyaning a’zosi emas va o‘zini O‘rta asrlar va jang san’atlari mahalliy havaskorlar mangasi ishtirokchisi ekanligini qayd etdi.

Prokuror sudlanuvchiga 18 oylik ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlashni so‘ragan, Tarelning advokati esa mijozining boshqa bu kabi harakatlarni amalga oshirmasligini ta’kidlagan.

Tarel Makronni u Drom departamentiga borgan va mahalliy aholi bilan uchrashishga chiqqan vaqtida urgan. Hujum uyushtirganidan keyin uni hibsga olishgan.

Fransiya prezidenti holat bo‘yicha sudga shikoyat qilmadi va hodisaga ortiqcha e’tibor qaratmaslikka qaror qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан