Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Maktab bitiruvchilariga mehnat bozorida ish topib beruvchi kasbga yo‘naltirish tizimi joriy etiladi
29.11.2020 19:02,  
292

Umumta’lim muassasalari bitiruvchilari o‘z iqtidori va qiziqishlariga mos kasbni tanlab olishi, mehnat bozorida munosib o‘rnini topishi, kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatga erishishi uchun 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab kasbga yo‘naltirish tizimi joriy etiladi. Bu haqda 26 noyabrda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va pedagogik-psixologik respublika tashxis markazi bo‘lim boshlig‘i Hayot Foziljonov ma’lum qildi.

Yangi tizim o‘quvchilarni maktab davridanoq kasbga bo‘lgan qiziqishlarini oshirib o‘qitiladi va o‘quvchining tanlovi asosida biror-bir kasbga yo‘naltiriladi. Bu quyidagi tarzda amalga oshiriladi:

  • 7-sinfdan boshlab o‘quvchilar o‘rtasida interaktiv so‘rovnomalar o‘tkazilib, kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishi aniqlanadi va ularning ma’lumotlar bazasi yaratiladi;
  • 7-sinf o‘quvchilari uchun har oyda bir marta «Kasblar olamiga sayohat» mavzusida maxsus kurslar, 8-sinf o‘quvchilari uchun har chorakda kamida bir marotaba «Mening kelajakdagi kasbim» mavzusida seminar-treninglar olib boriladi;
  • 9-sinf o‘quvchilarining kasbiy moyilligi bo‘yicha o‘tkazilgan pedagogik-psixologik tashxislar natijalari asosida kelgusida aniq ishchi kasblar bo‘yicha kasb-hunar maktablarida ta’lim olishi mumkin bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida kasbga yo‘naltirish ishlarini olib boriladi.

«Tizimning afzalligi — o‘quvchilar tizimli ravishda kasb-hunarga yo‘naltirilib boriladi, bu orqali ongli ravishda kasb tanlashga erishiladi. Bundan tashqari, Kasbim – kelajagim nomli platforma yaratildi. Unda o‘quvchilar psixologik testlarni yechishlari va bu orqali qaysi kasb turi o‘zlariga mos ekanligini aniqlashga yordam beradi», – dedi Hayot Foziljonov. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан