Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Maktab bitiruvchilarining 6 yillik baholari OTMga kirishda inobatga olinishi mumkin
2.02.2021 10:33,  
211

2021 yil 1 fevral kuni «Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining baholarini oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi to‘g‘risida» Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Unga ko‘ra:

2022-2023-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining shahodatnomasi (attestati) (diplom ilovasi)ga majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichi kiritiladi va ushbu ko‘rsatkich 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olinadi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi bitiruvchilari bahosining o‘rtacha ko‘rsatkichini hisoblashda bitiruvchining 6-11-sinflardagi yillik baholarining umumiy yig‘indisi har bir sinfdagi o‘qigan fanlar sonining umumiy yig‘indisiga nisbati olinadi.

Davlat test markazi tomonidan oliy ta’lim tashkilotlariga qabul test sinovlari yakunlanganidan so‘ng, belgilangan muddatda, tanlovga qadar abituriyentlarning test sinovi jarayonida to‘plagan ballariga tegishli ta’lim tashkilotlari tomonidan kiritilgan bitiruvchilar (abituriyentlar) baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichlari qo‘shiladi va tanlov amalga oshiriladi.

Bitiruvchi (abituriyent) test sinovi jarayonida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballning 30 foizidan kam ball to‘plasa, ajratilgan kvota doirasida tanlovda ishtirok eta olmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан