Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Maktab formasi haqida: Kuchimiz rang-barangligimizda
26.02.2020 12:27,  
1254

Mazmunga emas, ko‘proq shaklga e’tibor qaratish avtoritar rejimlarga xos odat. Shimoliy Koreya yoki Turkmanistonni oling. Tadbirlarda xalq va rasmiylar robotlardek bir xil kiyimda va pozada turadi, harakatlari ham, yurish-turishlari ham bir xil. Chunki chetdan ko‘rganda hammasi bir tekis, bir xil bo‘lishi kerak; ko‘zlar quvnashi kerak. Mazmuni, sifati ikkinchi darajali masala. “Tashi yaltiroq, ichi qaltiroq” deb shuni aytishadi.

Maktab formasi ham aslida shu mentalitetning bir ifodasi. Maktab va ta’lim dargohlarining eng muhim missiyasi, eng asosiy vazifasi — odamlarga bilim berish. Forma bu missiya va maqsadlar orasida balki 10-darajali masala bo‘lsa kerak.

MAVZUGA DOIR: Hukumat xususiy maktablarda ham xijobni va 3 smdan ortiq soch-soqolni taqiqlamoqchi

O‘qituvchilar malakasini oshirish, maktab moddiy texnik-bazasini boyitish, zamonaviy va samarali o‘quv uslublarini joriy etish, o‘quv xonalarining qishda issiqligi, yozda salqinligi, bolalarning maktabga och-nahor kelmayotgani — mana bular muhim masalalar. Mana shu masalalar bevosita ta’lim sifatining oshishiga hissa qo‘shadi.

Umuman olganda, maktab formasi va ichki tartib-qoidalarning bo‘lishi yomon emas. Lekin ular asosiy vazifaga aylanmasligi kerak.

9:00 dan bir daqiqa kechikkanlarni maktabga kiritmaslik, har kuni yig‘ilishlarda, dars paytida forma va soch turmaklarini tekshirish, yubka va ko‘ylaklarning uzun-qisqaligini o‘lchash — bular talabaning ta’lim olishiga umuman aloqasi bo‘lmagan masalalar. Maktab ma’muriyatining resurslari, energiyasi va e’tibori, asosan, mana shunday ikkilamchi narsalarga safarbar etilishi juda achinarli.

MAVZUGA DOIR: O‘zbekistonning AQSh «qora ro‘yxati»dan chiqish shartlari ma’lum qilindi

Yaqinda San’at va madaniyat instituti talabalari shu fojiani “Oliy ta’lim” deb nomlangan qisqa metrajli filmda juda yaxshi ochib berishgan edi.

Talabalar oliy ta’limdagi muammolarni satira qiluvchi qisqa metrajli film olishdi (video)

Amerikada maktab formasi

AQShda davlat maktablarida forma yo‘q. Hamma o‘ziga ep ko‘rgan, qurbi yetgan narsasini kiyib keladi. Aksincha, xususiy maktablarning deyarli hammasida forma bor. Bu davlat tomonidan joriy qilinmagan, albatta. Maktablarning ichki qoidasi. Ya’ni, odatda, xususiy maktablar davlat maktablaridan farqlanib turishi uchun o‘z formalarini joriy etadi va xususiy tashkilot sifatida ularning bunga haqqi bor. Shunda ham o‘quvchilarning diniy e’tiqodi hisobga olinadi. Ya’ni, sikhlar salla o‘rab kelishi mumkin; musulmon qizlar esa ro‘molini bemalol o‘rab, uzun yubka, ishton kiyib yurishi mumkin.

20 ta o‘quvchi orasida bir-ikkitasining sal boshqacha kiyinishi “hammasi bir xil, tekis va silliq bo‘lishi kerak” degan “o‘zbekona” qarashga mos tushmas, lekin amerikaliklar bunda hech qanday muammo ko‘rmaydi. Aksincha, bular rang-baranglikni qadrlaydi. Buni kamchilik emas, ustunlik deb bilishadi.

"Our strength is in our diversity" (Kuchimiz rang-barangligimizda), deb aytishadi bu yerda.

Xullas, shaklga emas, ko‘proq mazmunga e’tibor berishimiz kerak.

Mavzuga doir maqolalar:

O‘zbekistondagi maktablarda qizlarga shim kiyishga ruxsat berildi

Xalq ta’limi vazirligi maktab formasida kelmagan o‘quvchiga qanday jazo qo‘llash mumkinligini aytdi

Soqol, hijob, bolalar va Internetga kirish. Xitoy nima uchun millionlab uyg‘urlarni qamoq lagerlariga tashlayapti?

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан