Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Maktab o‘quvchilari uchun 605 milliard so‘mga darsliklar yangilanadi
8.01.2022 17:43,  
44

Maktab darsliklarini yangilash uchun davlat tomonidan 600 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi. Bu 2022–2026 yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasida belgilangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim tizimini zamon talablariga moslashtirish maqsadida umumta’lim maktablari darsliklarini yangilash dasturini amalga oshirish uchun davlat tomonidan 605 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.

Qayd etilishicha, 2026 yil oxirigacha O‘zbekistonda 141 mingta yangi o‘quvchilar o‘rni yaratilib, ularning soni 1,2 millionga yetkaziladi.

Bundan tashqari, mamlakatimizda kasb-hunar o‘rganish istagini bildirgan umumta’lim maktablari bitiruvchilariga davlat tomonidan yordam ko‘rsatish tizimi joriy etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан