Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Maktab o‘quvchilariga davlat attestatsiyasidan ozod bo‘lish huquqini beruvchi kasalliklar ro‘yxati 59 taga o‘zgartirildi 
8.11.2019 15:37,  
138

Maktab o‘quvchilarining yakuniy attestatsiyasiga oid idoraviy qonun hujjatlari birlashtirildi (unifikatsiya qilindi). Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, mazkur hujjatlarning birlashtirilishi fuqarolarning aynan bir masaladagi bir nechta hujjatlarni qidirib sarson bo‘lishlarining oldini olishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2019 yil 10 oktyabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi buyrug‘i Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 6 noyabrida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2008 yil 4 martdagi 56-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizom”ga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

1. 2015 yil 26 yanvardagi Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirliklari 3-mh, 22-sonli qarori hamda Xalq ta’limi vazirining 2008 yil 4 martdagi 56-son buyrug‘i birlashtirildi (unifikatsiya qilindi). Shu sababli, Xalq ta’limi va Sog‘liqni saqlash vazirliklarining 3-mh, 22-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi.

2. O‘quvchilarni sinfdan sinfga ko‘chirish imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod bo‘lish huquqini beruvchi kasalliklar ro‘yxati ilova sifatida Nizomga kiritildi. Shu bilan birga, mazkur kasalliklar ro‘yxatiga mukovissidoz (aralash shakli, og‘ir turi), plevrit, nospetsifik yarali kolit (zo‘riqish davri), jigar sirrozi (dekompensatsiya davri) kasallik turlari qo‘shildi.

3. Xorijiy davlatlarda umumiy o‘rta va o‘rta ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyat xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан