Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Maktab sinf xonasida oyog‘ini parta ustiga qo‘yib axloqsizlik qilgan o‘quvchi va ularning ota-onalariga chora ko‘rildi
6.02.2021 19:29,  
467

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan dars vaqtida axloqsizlik qilayotgan o‘quvchilarning shaxsi aniqlandi.

Mazkur axloqsizliklar Samarqand viloyatidagi 77-maktabning 9-sinf o‘quvchilari tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.

Samarqand shahar hokimligi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya a’zolari hamda qator mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida ota-onalarning farzandlari tarbiyasida yo‘l qo‘yilgan xatolari muhokama qilindi. Ota-onalar farzand tarbiyasiga e’tiborsiz bo‘lgani uchun uzr so‘radi. O‘quvchilar axloqsiz hatti-harakatlari uchun pushaymon ekanligini bildirdi.

Maktab ichki tartib-qoidalari hamda o‘quvchi etikasiga rioya qilmagan uch nafar o‘quvchining ota-onasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga muvofiq jarima jazosi qo‘llanildi. 

Shu o‘rinda ota-onalardan farzand tarbiyasidagi har bir jarayon muhimligini yana bir bor eslatgan xolda, ularning tarbiyasiga e’tiborsiz bo‘lmasliklarini, maktab muqaddas dargoh, o‘qituvchi esa doim e’zozli va hurmatli inson ekanliklarini doimiy ravishda uqtirib borishlarini so‘rab qolamiz. Bu kabi xatti-harakatlar ularning kelajagida salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан