Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Maktab va bog‘chalar ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda
18.08.2020 16:26,  
921

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Rustam Ikromov umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yaqin kunlarda ochilishi uchun tayyorgarlik ishlari ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mazkur muassasalar qayta ochilgandan so‘ng amal qilinishi zarur bo‘lgan sanitar me’yorlar ishlab chiqilmoqda.

«Maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘z farzandlarimiz ta’lim olishadi. Bu masalada e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlar ko‘p. Ishlab chiqilayotgan tadbirlar shunchaki hisobot uchun emas, balki farzandlarimizni ijtimoiy hayotga tezroq qaytarish, karantin sharoitida ularning ruhiyatida kuzatilgan o‘zgarishlarni bartaraf qilish, ular qatnaydigan muassasalarda koronavirus tarqalishiga imkon qadar to‘sqinlik qilishga qaratilgan choralar belgilanishi lozim.

Ayni kunlarda Maktabgacha ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda ta’lim muassasalarida amal qiluvchi sanitariya me’yorlari ishlab chiqilmoqda. Mazkur me’yorlar Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi hamda barcha tomonidan bajarilishi birdek majburiyligi belgilab qo‘yiladi. Shundan keyin maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablariga faoliyatini boshlash uchun ruxsat beriladi», dedi shtab a’zosi AOKAdagi brifingda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан