Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Karantin vaqtigacha soatbay ishlagan o‘qituvchilarga oylik to‘lanmaydimi?
29.04.2020 13:41,  
612

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i Doniyor Ermatov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Savol: Maktabda soatbay haq to‘lanadigan o‘qituvchiman. Apreldan soatbay ishlaydiganlarga oylik to‘lanmaydi, deb rayon buxgalteri aytdi. Shunga aniqlik kiritib bersangiz.

Javob: O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 15 martdagi yig‘ilish bayoniga muvofiq Xalq ta’limi vazirining 2020 yil 17 martdagi 82-buyrug‘i bilan o‘quvchilar uchun qo‘shimcha e’lon qilingan ta’til davrida masofadan turib o‘quv jarayonini tashkil etish hamda ta’lim muassasalari va tashkilotlarning bino va inshootlarini samarali saqlash ishlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, yetim va ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiya jarayonini tashkil etish maqsadida o‘z faoliyatini ish joyida amalga oshiradigan rahbar va xodimlar ro‘yxati tasdiqlangan (24 martdagi 87- buyrug‘i bilan ushbu ro‘yxat tarkibiga o‘zgartirish kiritilgan).

Bunda umumta’lim maktablarining direktor yoki o‘rinbosarlaridan biridan tashqari xodimlariga, ularning xohishlariga ko‘ra mehnat qonunchiligida belgilangan tartibga muvofiq mehnat ta’tili berish tavsiya etilgan.

Shuningdek, joriy yilning 31 martidagi Xalq ta’limi vazirining 91-buyrug‘ida maktab o‘qituvchilarining ish faoliyatini masofaviy tarzda davom ettirish, masofaviy ta’lim jarayonini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan xodimlarning mehnat faoliyatini masofaviy ish usuliga o‘tkazish orqali tashkil etish, navbatdan tashqari mehnat ta’tilida bo‘lgan xodimlarning ta’til muddatini yillik asosiy mehnat ta’tili hisobidan uzaytirish, qolgan xodimlarga zaruriyatga ko‘ra asosiy mehnat ta’tili hisobidan haq to‘lanadigan mehnat ta’tili berish belgilangan.

Bundan tashqari, hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, davlat byudjeti mablag‘laridan yanada samarali va maqsadli foydalanishni ta’minlash maqsadida qabul qilingan Xalq ta’limi vazirining joriy yil 13 apreldagi 105-buyrug‘iga asosan o‘qituvchi lavozimi bilan qo‘shib olib borayotgan direktor, uning o‘rinbosarlari va boshqalar, xalq ta’limi boshqaruvi organlari xodimlariga ularning mehnat ta’tili davrida ushbu soatlar uchun haq to‘lanmaydi.

Karantin davri mobaynida ish faoliyatini masofaviy tarzda davom ettirayotgan (mehnat ta’tiliga chiqmagan holda) o‘qituvchilarga (asosiy va soatbay asosda ishlovchi) amaldagi tartib bo‘yicha ish haqi to‘lovlari amalga oshiriladi.

Bunda ichki va tashqi o‘rindoshlik asosida o‘qituvchilarga (joriy yil 1 aprelga qadar) biriktirilgan dars mashg‘ulotlari uchun (ta’tilda bo‘lmagan davrda) soatbay asosda ish haqi to‘lab beriladi.

Ushbu holat yuzasidan aniq (manzilli) ma’lumotlar taqdim etilsa, mazkur murojaat muallifiga holat bo‘yicha batafsil axborot taqdim etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан