Maktabgacha ta’lim sohasida xayriya ishlarini amalga oshirganlar bir qator soliq imtiyozlariga ega bo‘ladi

Maktabgacha ta’lim sohasida xayriya ishlarini amalga oshirganlar bir qator soliq imtiyozlariga ega bo‘ladi

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 3 oktyabrdagi qarori bilan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga homiylik qilgan yuridik shaxslar uchun soliq imtiyozlari belgilandi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi xabar berdi.

Ushbu turdagi davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma kamida bir yil muddatga tuziladi va MTTga muntazam ravishda xayriya yordamini ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi.

3 oktyabrdan boshlab davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotini homiylikka olgan xayriyachilar quyidagi soliq imtiyozlariga ega bo‘ladi:

  • sarflangan xarajatlar yuridik shaxsning daromadidan olinadigan soliqlarni hisoblash vaqtida chiqarib tashlanadi;
  • tovarlar, ishlar va xizmatlarni beg‘araz ravishda topshirishga qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) va yagona soliq to‘lovi (YST) to‘lanmaydi;
  • tovarlarni, ishlarni va xizmatlarni o‘z qiymatidan pastroq sotish, haqiqiy narxidan kelib chiqqan holda QQSga tortiladi.

Xayriyachi o‘z mablag‘lari nimaga yo‘naltirilishini va uning tartibini o‘zi belgilaydi. Homiylik ostidagi maktabgacha tarbiya tashkiloti olingan mablag‘larning hisobini yuritishi va xususiy sherikka pul va mulkdan maqsadli foydalanilishi to‘g‘risida muntazam ravishda hisobot taqdim etishi shart.

Soliq imtiyozlaridan tashqari, xayriya kompaniyasi o‘z xodimlarining farzandlarini homiylik qiladigan MTTga joylashtirishda ustunlikka ega bo‘ladi.

Maktabgacha ta’lim vazirining so‘zlariga ko‘ra, vazirlik homiylarning mablag‘lari hisobidan alohida ehtiyojli bolalar uchun reabilitatsiya markazlari va aralash guruhlar bilan davolovchi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish kabi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshiradi.