Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Maktabgacha ta’lim tizimida 6 ta holatda qonunbuzilish va korrupsion holatlar aniqlandi
1.11.2021 15:50,  
75

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan  brifingda Maktabgacha ta’lim vazirligi Komplayens nazorat bo‘limi boshlig‘i Farrux Aminov ma’lum qildi:

«Barcha hududiy maktabgacha ta’lim boshqarmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazoratini amalga oshirish bo‘yicha 1 shtatdan bosh mutaxassislar ajratildi.

Tizimda korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan Hamkorlik memorandumi imzolandi.

Bo‘lim xodimlari olib borilgan o‘rganishlar natijalariga ko‘ra 6 ta holatda aniqlangan qonunbuzilish va korrupsion holatlar bo‘yicha chora ko‘rish uchun Bosh prokuraturaga hujjatlar taqdim etildi.

Maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritgan hamda korrupsiyaga moyilligi bo‘lgan 8 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi».

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан