Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Maktablar reytingida soxtalashtirishlar kuzatilgani ma’lum qilindi
3.09.2019 12:46,  
61

30 avgust kuni respublikadagi umumta’lim maktablari reytingi e’lon qilingan edi. O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida maktablar reytingini aniqlash jarayonida uchragan soxtalashtirish holatlari haqida ma’lumot berildi, deya xabar qildi O‘zA Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi matbuot xizmatiga tayangan holda.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bosh boshqarma boshlig‘i Ayubxon Radjiyev ta’lim muassasalari reytingining asosiy maqsadlaridan biri — o‘quvchilar bilimini baholash xalqaro dasturlarida mamlakatimizning ijobiy ishtirokini ta’minlashga tayyorlash ekanligini ta’kidlar ekan, reyting natijalarini ob’yektivligi va shaffofligini ta’minlash Ta’lim inspeksiyasi oldidagi eng muhim vazifa ekanligi ma’lum qildi.

A.Radjiyev tomonidan ushbu muhim vazifani ijrosini ta’minlash jarayonida aniqlangan ayrim noxolis holatlar keltirib o‘tildi.

Masalan, oliy va birinchi toifali o‘qituvchilar ulushi bo‘yicha berilgan ma’lumotlarda 3 ta oliy toifa va 126 ta birinchi toifa uchun berilgan sertifikatlar noqonuniy berilganligi aniqlangan. Bular, Jizzax viloyatida 73 ta birinchi toifa; Qashqadaryoda 2 ta oliy va 17 ta birinchi toifa;Samarqandda 1 ta oliy va 17 ta birinchi toifa; Toshkent viloyatida 12 ta birinchi toifa; Sirdaryoda 4 ta va Surxondaryoda 3 ta birinchi toifa sertifikatlari soxtalashtirilgan.

Ishchi guruhlar tomonidan joylarda o‘tkazilgan nazorat ishlari vaqtida matematika fan uchun berilgan savollar kitobini soxtalashtirish (nusxalash) hamda shtrix ishlatish holati aniqlangan, bular: Qashqadaryoda 2 ta maktabda, Jizzaxda 1 ta maktabda va Namanganda 1 ta maktabda aniqlangan.

Bundan tashqari, Qashqadaryoda 6 ta, Farg‘onada 6 ta, Navoiyda 5 ta, Surxondaryoda 5 ta, Namanganda 4 ta, Buxoroda 3 ta, Xorazmda 3 ta va Andijonda 1 ta holatda nazorat ishi o‘tkazilayotgan sinfga o‘quvchining o‘rniga boshqa o‘quvchi yashirincha kiritilganligi ma’lum bo‘lgan.

Oliy ta’lim muassasalaridan va ular qoshidagi Akademik litseylardan ona tili o‘qituvchilarini 9-sinf o‘quvchilari bilan diktant yozdirishga va tekshirishga jalb qilingan. Ayrim viloyatlarda diktant materiallarini noxolis tekshirilganligi oqibatida o‘quvchilarning o‘zlashtirish (10−20%) va sifat (15−25%) ko‘rsatkichlari sun’iy ravishda oshib ketganligi aniqlandi.

Jumladan, Xorazmda 21,6/24,6 foiz, Farg‘onada 17,7/22,7 foiz,Andijonda 14,5/18,4 foiz, Toshkent shahrida 13,8/15,4 foiz, Navoiyda 11,2/14 foiz noxolis baholashlar qayd etilgan.

Buning oqibatida reytingda qatnashgan barcha 956 ta maktablarga tegishli nazorat ishlari Davlat inspeksiyasida qaytadan tekshirib chiqildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston 2021 yilda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)ning ta’lim sifatini baholash bo‘yicha PISA (15−16 yoshli o‘quvchilar bilimini baholash bo‘yicha xalqaro dastur) xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etishi ta’kidlanib, yuqoridagi kabi nohush holatlar ushbu sinovlar jarayonida ham kuzatilsa mamlakatimiz ulardan chetlashtirilishi ma’lum qilindi.

Yakunda hududiy xalq ta’limi boshqarmalari rahbarlari va umumta’lim maktab direktorlariga kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda maktablardagi mavjud kamchiliklari soxtalashtirish orqali emas, balkim ta’lim sifatini oshirish yo‘li bilan hal qilish vazifasi topshirildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан