Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Maktablarda o‘quv yili yakunida imtihon o‘tkaziladimi?
2.05.2020 13:19,  
448

Bugun 2 may kuni soat 13:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov, Davlat test markazi direktori Majid Karimov va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Tashkenbayevlar ishtirokida onlayn-brifing o‘tkazildi.

Savol: O‘quv yili yakunida imtihon o‘tkaziladimi? Yoki o‘qish onlayn yakunlanadimi?

Javob: Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra xalq ta’limi tizimidagi tashkilot va muassasalarida 2019-2020 o‘quv yili “online-maktab” loyihasi doirasida tashkil etilgan masofaviy televizion videodarslar orqali yakunlanadi.

Imtihonlarga kelsak, Respublika komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va tegishli davlat tashkilotlari 5-11-sinf o‘quvchilari uchun bosqichli nazorat va yakuniy davlat imtihonlarini o‘tkazish yo‘llarini yoki bekor qilish masalasini muhokama qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Maxsus hukumat komissiyasining bu masaladagi qarorini o‘z kanallari orqali ma’lum qiladi.

Shu o‘rinda, barcha ota-onalar va o‘quvchilardan online-maktab rukni ostida berilayotgan videodarslarni to‘liq kuzatib borishni hamda bilimlarini mustahkamlashni so‘rab qolamiz

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан