Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-2021-o‘quv yili boshiga respublikamizdagi umumta’lim muassasalarida jami 507 987 nafar o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda.
Jami o‘qituvchilarning 52,9 % i qishloq maktablarida va 47,1 % i shahar maktablarida faoliyat yuritib kelmoqda.
Umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan jami o‘qituvchilarning 12,2 % i o‘rta maxsus ma’lumotli va 87,8 % i oliy ma’lumotga ega.
Qayd etish kerakki, respublikamizda umumta’lim muassasalarida bitta o‘qituvchiga o‘rtacha 12 nafar o‘quvchi to‘g‘ri keladi.