Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Xalq ta’limi vaziri maktablarni 14 sentyabrdan boshlashni taklif qildi
25.08.2020 10:25,  
311

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ota-onalarga murojaat qildi:

"Xabaringiz bor, biz 3 ta ssenariy bo‘yicha ishlayotgan edik: 1) an’anaviy maktabni ochish, 2) onlayn maktab orqali o‘qitish va 3) aralash (gibrid) ssenariy – ham an’anaviy ham onlayn. Telegram orqali deyarli 1 mln. foydalanuvchi qatnashgan so‘rovnomada 70% ota-ona bola sog‘lig‘idan xavotirda bo‘lib, uyda o‘zi onlayn o‘qitishi mumkinligi, 30% esa pandemiya sharoitida ham farzandini maktabga yuborishini bildirgan.

Shuning uchun, aholini ko‘proq qatlamini rozi qilishni inobatga olib, faqat 3-ssenariy, ya’ni ota-onalarning o‘zlariga tanlash huquqini berish eng optimal variant bo‘lib turibdi.

Bir tomondan, internetda ba’zi davlatlarda maktablar ochilib, kasallik ko‘payishi natijasida qaytadan yopilgani, bolalar o‘zi kuchli kasallanmasada, kattalarga qaraganda kuchliroq virus tashuvchisi bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalayapti.

Ikkinchi tomondan, bu virusdan yaqin orada qutilmasligimizni, vaksina ishlab chiqilgan taqdirda ham uni barcha havfsizlik sinovlaridan o‘tkazishga va ishlab chiqarib bizga yetib kelishiga ancha vaqt ketishi ham aniq. Shunga, ushbu vaqt davrida farzandlarimiz bilim olishdan orqada qolib ketmasliklari zarur.

Karantin qoidalarining yumshatilishi kasallik holatlarining ortishiga olib kelishi mumkinligi, ularni davolashga ham qo‘shimcha vaqt talab etilishi kerakligi hamda o‘qish boshlanishidan avval ularni davolab, kamaytirish muhimligi kabi faktorlarni inobatga olib ekspertlar fikridan kelib chiqib, bu yilgi o‘quv yilini 14 sentyabr – dushanba kunidan boshlash taklif sifatida kiritildi.

Shuningdek, bir hafta oldin sinov tariqasida virus tarqalmagan, havfsiz hududlardagi ba’zi kichik maktablarni ochish, ushbu jarayonda barcha choralarni to‘liq va to‘g‘ri amalga oshirilishini o‘rganib chiqish ham rejalashtirilgan. Maktabga o‘quvchilarning bir vaqtda kelmasligi, kirayotganda isitmasi o‘lchanishi, barcha darslar bir sinf xonasida o‘tilishi, tanaffusda sinf havosi shamollatilishi, o‘quvchilarga ijtimoiy masofani saqlashni tushuntirish kabi qator talablar ishlab chiqilib, joylardagi barcha maktablarda ijrosini ta’minlanish choralari ko‘rilish kerak bo‘ladi.

Shu sababli, bugun-erta barcha maktablarda ota-onalardan so‘rovnomalar o‘tkazilmoqda. Bizga har bir ota-onaning fikri muhim. Iltimos, ushbu so‘rovnomada faol qatnashing! Pandemiya sharoitidan kelib chiqib, aynan sizning farzandingiz maktab ochilganda maktabga borib o‘qiydimi yoki uydan onlayn o‘qiydimi degan savolga faqat siz javob bera olasiz! Bizga esa bu so‘rovnomalar barcha maktablar kesimida aniq, ob’yektiv holat bo‘yicha ma’lumotni yig‘ishga imkon beradi.

Maktablar qayta ochilishi, ta’limni aralash ko‘rinishda tashkil etish, albatta, maktab jamoasiga qo‘shimcha mas’uliyat va vazifalar yuklaydi. Shuning uchun, ushbu jarayonlarda, hurmatli ota-onalarimizdan, pedagoglar mehnatini ham qadrlashlarini so‘rab qolamiz!

Ilovadagi Xalq ta’limi vazirligining rasmiy murojaatini kengroq aholiga yetkazishda yordamingizni ayamaysiz deb umid qilamiz".

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан