Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Malayziya qiroli 2 oylik nikohdan so‘ng rus modeli bilan ajrashmoqda
25.01.2019 13:14,  
26

Malayziya qiroli Tuanku Muhammad V Kelantan Sulton r"Miss Moskva" unvoniga ega rus modeli - Oksana Voyevodina bilan ajrashishga qaror qildi.

Ikki oy oldin nikohdan o‘tgan juftlik munosabatlari darz ketgani aytilmoqda.

Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, yosh kelin-kuyolar his-tuyg‘ulariga sovuqlik oralagan, ular tez-tez janjallashishmoqda.

Ayni vaqtda barcha tomonlar ajrim jarayoni uchun hujjatlarni tayyorlash bilan shug‘ullanishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 49 yashar Malayziya qiroli va 25 yashar rossiyalik sohibjamolning nikoh to‘yi 22 noyabrda Podmoskoveda bo‘lib o‘tgan. To‘y marosimida mehmonlarga faqatgina halol yeguliklar uzatilgan, spirtli ichimlik berilmagan.

Shuningdek, yanvar oyi boshida Muhammad V o‘z xohishiga ko‘ra taxtdan voz kechayotgani haqida e’lon qilingan edi. Qirol nima sababdan bunday qarorga kelgani ochiqlanmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан