Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Malayziyada dunyodagi birinchi «halol» internet brauzeri yaratildi
30.01.2019 17:03,  
53

Malayziyaning Salam Web Technologies nomli startapi dunyoda birinchi musulmonlar brauzerini yaratdi, deb yozmoqda Bloomberg.

SalamWeb nomli yangi internet brauzer pornografik, zararli yoki haqoratli mazmunli, qimor o‘yinlari taklif qilayotgan, alkogol mahsulotlari reklamasi bor saytlarni aniqlab, ular haqida foydalanuvchini ogohlantiradi va saytni tark etishni yoki ishlashda davom etishni taklif qiladi.  

Brauzer tarkibiga, shuningdek, musulmonlar uchun yangiliklarga obuna bo‘lish, namoz vaqti haqida ogohlantirish va “Qibla” tomonni tanlash uchun kompas funksiyalari kiritilgan.

"Biz internetni yanada yaxshiroq qilmoqchimiz. Biz u yerda ham yaxshi ham yomon narsalar borlishigini bilamiz, shuning uchun ham SalamWeb brauzerini yaratdik. U sizga Internetda faqat yaxshi narsalarni ko‘rish imkonini beradi", - deydi Zarina Xasni - kompaniya direktori. 

SalamWeb Technologies yaratuvchilari ushbu brauzer nafaqat musulmonlarga balkim boshqa din vakillariga ham manzur bo‘lishiga ishonchlari komil, chunki ushbu qadriyatlar barcha insonlar uchun muhimdir.

“Halol” brauzer Windows, Mac, iOS, Android kabi barcha kompyuter va mobil platformalarda ishlashi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан