Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Malayziyaning sobiq qiroli Moskva go‘zali bilan ajrashdi
17.07.2019 16:48,  
62

Malayziya sobiq qiroli Muhammad V rossiyalik, “Miss Moskva-2015” go‘zallik tanlovi g‘olibi Oksana Voyevodina bilan ajrashdi. Bu haqdaNew Straits Times gazetasiga xabar qildi.

OAV ma’lumotiga ko‘ra, ajralish haqida hujjatlar Singapur sudiga 22 iyun kuni taqdim etilgan bo‘lib, hujjatlashtirish jarayoni 1 iyulda yakunlandi.

Nashr ajralish sababini ma’lum qilmagan, biroq internetda chop etilgan xabarlarga ko‘ra, tomonlar shar’iy ravishda nikohini bekor qilishgan.

Muhammad V o‘zi esa bu xabarni tasdiqlamadi.

O‘tgan yil noyabr oyida Muhammad V va Oksan Voyevodina turmush qurishdi. Ungacha rossiyalik sohibjamol islom dinini qabul qildi va o‘ziga Rixana ismini oldi. To‘y marosimi Moskva viloyatidagi Luxury Village Barvixa konsert zalida o‘tkazildi.

Shu yilning yanvar oyida Muhammad V kutilmaganda taxtdan voz kechdi va Kelantan shatati xukmdori maqomini saqlab qoldi.

21 may kuni oilada o‘g‘il farzand tug‘ildi, uning ismini Tenku Ismoil Leon Petr Bin Tenku Muhammad V Faris Petr deb qo‘yildi.

Voyevodina Instragram sahifasida o‘g‘lini “Kelantan sultonligining shahzodasi va bo‘lajak Malayziyaning qiroli” deb atadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан