Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ma’lumotlarga qaraganda, 2019-2020 yillar va joriy yilning birinchi yarmida transport sohasidagi korxona va tashkilotlarning 375 nafar xodimi jinoiy javobgarlikka tortilgan va ularning 358 nafari yoki 95 foizi korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etgan — Senat
21.10.2021 13:56,  
22

Senatorlar parlament so‘rovi natijalaridan qoniqdimi?

Oliy Majlis yuqori palatasining o‘n beshinchi yalpi majlisida mamlakatimizdagi avtomobil yo‘llari hamda sun’iy inshootlarning holati va transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlashga doir qonun hujjatlarining ijro etilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish haqida qaror qabul qilingan edi.

Senatning yigirmanchi yalpi majlisida ushbu parlament so‘rovi natijalari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, Oliy Majlis Senatining 2021 yil 29 maydagi Qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘roviga berilgan javobda parlament so‘rovda ko‘tarilgan masalalar yechimiga qaratilgan muayyan ishlar amalga oshirilgan.

Jumladan, ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar texnik holatini yaxshilashga qaratilgan hukumat qarori, O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilgacha avtomobil yo‘llarini rivojlantirish strategiyasi loyihasi tayyorlangan.

Shuningdek, tegishli hujjat asosida “O‘zyo‘linspeksiyasi”ga tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan yo‘l-qurilish ishlari olib borilayotgan ob’yektlarda sifat nazoratini operativ o‘tkazish hamda sodir etilayotgan qoidabuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash vakolati berilgan.

Biroq parlament so‘rovida ko‘tarilgan ayrim masalalar yuzasidan asosli javoblar taqdim etilmagan.

Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 1 noyabrdagi 226-sonli qaroriga ilova qilingan “Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlari tasnifi”da avtomobil yo‘lini joriy ta’mirlash ishlari bajarilganidan so‘ng uning xizmat qilish muddatiga nisbatan talab belgilanmaganligi va bu hol jiddiy muammolarga sabab bo‘layotgani e’tiborsiz qoldirilgan.

Shuningdek, tegishli ob’yektlarda pudratchi tomonidan bajarilayotgan qurilish-montaj ishlari sifatini aniqlash bo‘yicha sinov laboratoriyasi aynan pudratchining o‘zi tomonidan jalb qilinayotgani korrupsiyaviy holatlarga sabab bo‘layotgani bilan bog‘liq masala yechimi yuzasidan ham aniq javob taqdim etilmagan.

Javobni muhokama qilish jarayonida mazkur so‘rovda ko‘tarilmagan boshqa dolzarb masalalar ham mavjudligi aniqlandi.

Xususan, avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar yetarli darajada moliyalashtirilmayapti. 2021 yilda ushbu maqsadlar uchun yo‘naltirilgan mablag‘ mavjud ehtiyojning bor-yo‘g‘i 27 foizni tashkil qiladi.

Bu esa, ta’mirlash o‘rtasidagi muddatlarning yildan-yilga ortishi, qo‘shimcha sarf-xarajatlar talab etilishiga sabab bo‘lmoqda.

Bundan tashqari, sohada korrupsiya bilan bog‘liq qonunbuzilishlarga to‘liq barham berilmayapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, 2019-2020 yillar va joriy yilning birinchi yarmida transport sohasidagi korxona va tashkilotlarning
375 nafar xodimi jinoiy javobgarlikka tortilgan va ularning 358 nafari yoki 95 foizi korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha jami 24 mlrd so‘mlik byudjet va boshqa mablag‘ talon-taroj qilingani aniqlangan.

Ayniqsa, avtomobil yo‘llariga mas’ul bo‘lgan Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimidagi 149 nafar xodimning jinoyat sodir etgani tashvishli holdir.

Majlisda parlament so‘rovida keltirilgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni Vazirlar Mahkamasi tomonidan davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан