Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qirg‘iziston davlat qarzlari tufayli ayrim yirik ob’yektlaridan ajralishi mumkin
16.02.2021 09:06,  
790

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov davlat qarzlar masalasida fikr bildirib, sobiq prezident Almazbek Atamboyev shunday kelishuvlar tuzganini aytib o‘tdi. Bu haqda Euroasia.me xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Japarov «Kabar» axborot agentligiga oilasining advokati Akin To‘qtaliyevning Din ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi rahbari lavozimidan bo‘shatilishiga izoh bergan.

«Davlat xizmatida bu mening advokatim, do‘stim yoki qarindoshim degan tamoyil bo‘lmasligi kerak. Mamlakatimiz 30 yil davomida ushbu prinsip asosida yashadi va endi yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida qoldi. Bizning tashqi qarzimiz qariyb 5 milliard dollarni tashkil etadi. Agar ularning ba’zilarini vaqtida to‘lamasak, ko‘plab ob’yektlarni yo‘qotamiz. Bunday shartlar bilan kelishuvni Atamboyev tuzgan. Ammo Xudo xohlasa, barcha qarzlardan o‘z vaqtida xalos bo‘lamiz. Rejalar mavjud», –  degan Japarov.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yil oxirida Qirg‘izistonning davlat qarzi 4 milliard 850 million 730 ming dollarni tashkil qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан