Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mamlakatimizda har kuni 20-40 kishida koronavirus aniqlanmoqda — Bahodir Yusupaliyev
11.03.2021 09:31,  
515

10 mart kuni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligining Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unda ma’lum qilinishicha, mamlakatimizda har kuni 20-40 kishida koronavirus aniqlanmoqda. Tahlillarga ko‘ra, oxirgi 3-4 haftada kasallanish ko‘rsatkichi birmuncha pasaygan.  

Hozirda ikkita asosiy yo‘nalishda ish olib borilyapti:  

1) emlash jarayonini tashkil etish. Bunda moddiy-texnika bazasi, kadrlar salohiyati va muzlatkich zanjirini saqlash masalasi ko‘zda tutilgan;  

2) vaksinalarni xarid qilish.

3168 ta emlash punkti va 860 dan ziyod mobil brigada tashkil etilgan. Bu yo‘nalishda zarur vositalar uchun 6 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilgan va xarid jarayonlari amalga oshirilmoqda.

10 ming nafardan ortiq vaksinator, patronaj hamshiralari, 33 ming nafardan ortiq shifokor emlash jarayoniga tayyorgarlik ko‘rishgan

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан