Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mamlakatimizda yana bir universitet faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
22.07.2021 17:36,  
155

Hukumatning «Tashkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteridagi Farmatsevtika texnik universitetining faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan «Tashkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterida Farmatsevtika texnik universiteti tashkil etiladi.

Uning faoliyatini muvofiqlashtirish Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirilishi belgilanmoqda.

Qayd etilishicha, oliygohda dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqarish, farmatsevtika, biotexnologiya, tibbiyot, kosmetologiya, menejment, biznes boshqarish va boshqa tarmoqlarda xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq malakali kadrlar tayyorlash ko‘zda tutilgan.

Ta’kidlanishicha, 2022-2023 o‘quv yilida talabalarni o‘qishga qabul qilish va o‘quv jarayonini boshlash uchun Universitet Klaster hududidagi yangi qurilayotgan Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti binosida vaqtincha joylashadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан