Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda ma’muriy bayonnomalarni planshet orqali rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi
25.06.2020 18:33,  
168

“Huquqbuzarliklarning oldini olishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Hukumat qarori (407-son, 24.07.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, “Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida yagona elektron ish yurituv” loyihasi bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etiladi.

Loyihada, jumladan, quyidagilar nazarda tutiladi:

- ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni qo‘zg‘atish, ko‘rib chiqish va bayonnoma tuzishga vakolatli organlar, sudlar va majburiy ijro byurosi, shuningdek, boshqa tashkilotlarning elektron axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini integratsiyalashtirish;

- ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish yuritishda foydalaniladigan protsessual hujjatlarning yagona elektron bazalarini shakllantirish;

- ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni yuritishda ortiqcha bosqichlarni bekor qilish va muddatlarni qisqartirish orqali ish yuritish tartibini soddalashtirish.

Ichki ishlar vazirligi loyihani amalga oshirish va yuritish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.

Loyihani Toshkent shahri hududida amalga oshirish doirasida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llaniladi.

Unga ko‘ra, vakolatli mansabdor shaxs huquqbuzarlikni aniqlashi bilan birgalikda maxsus mobil qurilma (planshet) orqali ma’muriy bayonnomani tuzadi va huquqbuzarga ushbu bayonnomaning elektron yoki qog‘oz shaklini taqdim etadi.

Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs agar uni o‘zi sodir etganligiga e’tiroz bildirmasa, bayonnomani planshetdagi maxsus skanerlovchi uskuna orqali barmoq izlarini tushirish yo‘li yoki elektron grafik imzosi bilan tasdiqlaydi.

Shuningdek, huquqbuzarga “Elektron hukumat” ning yagona billing tizimi orqali masofaviy to‘lash imkoniyati yaratiladi.

Qarorda soddalashtirilgan tartibda ish yuritilmaydigan holatlar ham belgilab berildi.

Jumladan, soddalashtirilgan tartibda ish yuritishga huquqbuzar yoki jabrlanuvchi e’tiroz bildirganda, huquqbuzarlik uchun jarimadan boshqa turdagi jazo nazarda tutilgan holatlarda ish soddalashtirilgan tartibda yuritilmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан