Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Lokomotiv» bosh murabbiyi «MYu» bilan kelishuvga erishdi
25.11.2021 20:46,  
267

Moskvaninng «Lokomotiv» klubida faoliyat yuritayotgan Ralf Rangnik «Manchester Yunayted»ning vaqtinchalik bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.

The Athletic nashri xabariga ko‘ra, 63 yoshli germaniyalik mutaxassis «Yunayted»ni boshqarishga rozilik bildirgan va tomonlar kelishuvga erishgan. Rangnik «MYu» bilan 6 oylik shartnoma imzolab, yozda kelishuvini yana 2 yilga uzaytirib, maslahatchi murabbiy sifatida ishlashi aytilmoqda.

Qayd etilishicha, «MYu» Rangnikning «Lokomotiv» bilan amaldagi kelishuvni o‘zaro bekor qilishini kutmoqda. 

Angliyada ishlash vizasini olish qiyinligi sababli Rangnik yakshanba kuni «Chelsi»ga qarshi bahsda «Manchester Yunayted»ni boshqara olmaydi. Shu kuni ham Maykl Kerrik jamoani boshlab tushishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, 63 yoshli Ralf Rangnik 2015-2019 yillarda «Leypsig» klubini boshqargandi. 2021 yilning yozidan buyon mutaxassis Rossiyaning «Lokomotiv» klubi sport ishlari va rivojlantirish bo‘limi rahbari sifatida ishlab kelmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан