Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Manchester Siti» «Lester»dan naqd 5 ta gol o‘tkazib yubordi (video)
28.09.2020 15:27,  
1713

Angliya Premer-ligasi 3-turi doirasida grand klublar ishtirokidagi gollarga boy bahslar davom etdi. Kunning markaziy bahsi «Manchester Siti» va «Lester» o‘rtasida o‘tib, mehmonlarning kutilmagan yirik g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.

Hisobni Mahrez ajoyib goli bilan ochgan bo‘lishiga qaramay, keyingi daqiqalarda Vardi 2ta penalti va o‘yindan kiritilgan goli bilan het-trikni rasmiylashtirib, jamoasini oldinga olib chiqdi – 1:3.

77-daqiqada Meddison jarima maydoni tashqarisidan yo‘llangan juda kuchli va aniq zarbasi bilan hisobni 1:4ga yetkazgan bo‘lsa, 84-daqiqada Ake «Siti»dagi ilk golini kiritib farqni biroz qisqartirdi – 2:4.

88-daqiqada esa «tulkilar» o‘yindagi 5-gollarini kiritishdi. Medisson Mendi tomonidan qo‘pollik bilan to‘xtatilgani uchun belgilangan penaltini Tilemans Ederson darvozasiga joylab qo‘ydi – 2:5.

Brendon Rojers jamoasi ketma-ket 3-g‘alabasiga erishib, 9 ochko bilan 1-o‘ringa chiqqan bo‘lsa, «Siti» 3 ochkosi bilan 13-o‘rinda qoldi. Bu Gvardiola shogirdlarining mavsumdagi ilk va qaqshatqich mag‘lubiyati bo‘ldi.

APL. 3-tur.  Manchester Siti – Lester 2:5

Gollar: 1:0 – 4 Mahrez, 1:1 – 37, penalti Vardi, 1:2 – 54 Vardi, 1:3 – 58, penalti Vardi, 1:4 – 77 Meddison, 2:4 – 84 Ake, 2:5 – 88, penalti Tilemans.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан