Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Manchester Siti» tarkibini eng qimmat futbolchi bilan to‘ldirdi
10.05.2022 00:29,  
144

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Xoland «Manchester Siti» bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.

Dortmundning «Borussiya» klubining norvegiyalik futbolchisi Erling Xoland «Manchester Siti»ga o‘tadi. Bu haqda tvitterda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, 9 may kuni 21 yoshli hujumchi klubda tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgan. Dunyoning eng qimmat futbolchilaridan biri shu haftada jamoa bilan 5 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Norvegiyalikyaning haftalik maoshi haftasiga taxminan 375 ming funtni tashkil qiladi. Angliya jamoasi futbolchi uchun 60 milliondan 75 million yevrogacha tovon puli to‘laydi.

Joriy mavsumda Xoland barcha musobaqalarda 29 ta o‘yinda maydonga tushdi. Hujumchi 28 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Xoland «Borussiya Dortmund»ga 2020 yilning yanvarida kelib qo‘shilgan edi. Norvegiyalikning shartnomasi 2024 yilda yakuniga etadi. Transfermarkt portali uning narxini 150 million yevroga baholamoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан