Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mansabdor shaxslar OAVga noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etsa javobgar bo‘lishi mumkin
14.12.2020 22:19,  
100

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyalar tomonidan «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.

Qonun loyihasi asosida quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda:

  • shaxsning qadr-qimmatini kamsituvchi, uni obro‘sizlantirishga olib keladigan hamda jamoat tartibi yoki xavfsizligi uchun tahdidga ega bo‘lgan yolg‘on axborotni tarqatish bilan bog‘liq harakatlar uchun qonunchilikka yuridik javobgarlik choralarini kiritish;
  • pornografik axborotni telekommunikatsiya, Internet tarmoqlariga joylashtirganlik;
  • zo‘ravonlik yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi axborotni telekommunikatsiya, Internet tarmoqlariga joylashtirganlik uchun birinchi marotaba ma’muriy, bir yil davomida takroran sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlik belgilash;
  • davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslari tomonidan ommaviy axborot vositalari faoliyatiga to‘sqinlik qilish, ularning so‘rovi yuzasidan o‘zida mavjud bo‘lgan ochiq axborotni taqdim etmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etgani uchun ma’muriy javobgarlik belgilash;
  • diffamatsiya (tuhmat va haqorat) holatlari bilan bog‘liq jinoyatlar tarkibiga nisbatan yengillashtirish choralari va boshqalar.

Qonun loyihasining qabul qilinishi milliy OAV va jurnalistlarning professional faoliyati uchun yangi samarali mexanizmlarni yaratishga imkon berib, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni erkin olishlari hamda ularning faoliyatiga aralashmaslik bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlarni yaratadi. 

Yolg‘on axborotni tarqatganlik uchun yuridik javobgarlik choralarining qabul qilinishi fuqarolarning axborot huquqlarini himoya qilish, kommunikatsiya tizimiga dolzarb va ishonchli axborotlarning kiritilishiga, shuningdek, jamiyatning xavfsizligi va barqarorligini ta’minlashga ko‘mak beradi.

Diffamatsiya (tuhmat va haqorat) holatlari bilan bog‘liq jinoyatlar tarkibiga nisbatan yengillashtirish choralari jamiyatda ochiqlik darajasini oshirib, O‘zbekistonning xalqaro reytinglar va indekslardagi ko‘rsatkichlari ko‘tarilishiga yordam beradi.

Misol uchun, Jinoyat kodeksining 139-moddasining uchinchi qismiga (tuhmat qilganlik uchun) kiritilayotgan o‘zgartirishga binoan endilikda, bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravaridan 500 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatdan 400 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolash nazarda tutilmoqda.

Amaldagi tahrirga ko‘ra esa, 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilab qo‘yilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан